«Özdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan işlab çiqarilgan qolipli non mahsulotlari barça turdagi iste'molçilarga pul köçiriş va turğun savdo şoxobçalari orqali yetkazib berilmoqda.

Avvalroq 4 noyabrdan Özbekistondagi ayrim dökon va bozorlarda qolipli (buxanka) non 1,6 ming sömdan 1,9 ming sömgaça narxda sotilayotgani xabar qilingandi. Kun.uz muxbirlari ma'lumotlariga köra, köplab joylarda «buxanka» narxi 100-200 sömga oşgan. Jumladan, ba'zi dökonlarda buxanka 1,6 ming sömdan, bozorlarda esa 1,7 ming sömdan sotilmoqda.

«Özdonmahsulot» kompaniyasi matbuot xizmatining ma'lumot berişiça, aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi 44ta don korxonalari tarkibida 109ta non işlab çiqaruvçi korxona va sexlar mavjud bölib ular asosan Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda joylaşgan. Toşkent şahrida non va non mahsulotlari işlab çiqarilişi, sotilişi va ta'minoti ustidan nazorat olib boriş «Toşkent non» uyuşmasi tomonidan amalga oşiriladi.

«Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, «Özdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan işlab çiqarilgan qolipli non mahsulotlari barça turdagi iste'molçilarga pul köçiriş va turğun savdo şoxobçalari orqali yetkazib berilmoqda va uşbu narxlar işlab çiqariş xarajatlaridan kelib çiqib şakllantirilgan», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, «buxanka» narxi oxirgi marta joriy yilning 15 oktyabrida oşgandi. Öşanda u 1,3-1,5 ming sömdan sotila boşlangan. Bungaça esa uning narxi bir neça yil davomida 600-650 söm atrofida bölib, 2018 yil sentyabrdagina oşirilgandi.