Özbekiston hukumati ta'lim sohasidagi korrupsiyaga qarşi qattiq kuraş olib boradi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi Şerzod Kudbiyev 5 noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti binosida oliy ta'lim tizimida korrursiyaga qarşi kuraşişga bağişlab ötkazilgan yiğilişda aytib ötdi.

«Oliy ta'lim muassasalari davlatimizda olib borilayotgan oşkora siyosatga yetarliça munosabat hamda javob qaytara olmayaptilar.

Oliy ta'lim tizimida bugun keskin qadam qöymas ekanmiz, heç qaçon sohada özgariş bölmaydi!
 
Salbiy holatlarni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida ham körişimiz mumkin.

Afsuski, universitet rahbariyati hamda jamoasidan xalqimiz va Prezidentimiz kutayotgan natija bölmayapti. Talabalar bilimini baholaş, ularni kursdan kursga qoldiriş, talabalar safidan çetlaştiriş, öqişga tiklaş va köçiriş jarayonlarida oçiqçasiga korrupsion holatlar hali hanuz davom etmoqda.

Öqituvçilar tomonidan sun'iy ravişda talabalarning ballari pasaytirilişi, aytingçi, bunday oliyjanob kasb egasining talaba qöliga qaraşi - pastkaş va jirkanç holat emasmi?

Korrupsiyaga qarşi qattiq kuraşamiz! Prezidentimiz aytganlaridek, orqaga yöl yöq, köpriklar yonib ketgan.

Rahbarlar yoki xalqqa xizmat qiladi, yoki ketadi. Ketganda ham oddiy qutulmaydi. Buni bugun prezidiumda ötirganlarni körib ham, xulosa qilsa böladi.

Xalqqa xizmat qilmaydigan, vazifasini suiiste'mol qiladigan, oyoği yerdan uzilgan rahbarlar bilan biz heç qaçon işlay olmaymiz, işlamaymiz ham. Ular munosib jazosini ham oladi.

Bilib qöyinglar, butun oliy ta'lim tizimida örganişlar davom etadi, ularning natijalari töğrisida hali eşitasizlar, keskin çoralar köriladi!

Xuddiki yuqorida aytilgan salbiy holatlar menga tegişli emas, meni aytmadi-ku, degan rektorlar ham oramizda yöq emas.

Bilib qöyinglar, kimda kim şunday öylasa, juda qattiq xato qiladi! Barça ma'lumotlar yetarli! Yuridik universitet, Iqtisodiyot universiteti... Agar hali vaziyat özgarmasa bu röyxat yana davom etadi», deya prezident maslahatçisi sözlarini keltirgan Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi