Jamiyat | 15:35 / 08.11.2019
6134
1 daqiqa o‘qiladi

IIV: 2019 yilda salkam 40 ming kishi Toshkent shahri va viloyatida propiskaga qo‘yilgan

2019 yilning 10 oyi mobaynida Toshkent shahri bo‘yicha jami 32380 nafar, Toshkent viloyati bo‘yicha 7462 nafar fuqaro doimiy propiskaga qo‘yilgan. Shuningdek, Toshkent shahri bo‘yicha 145 854, Toshkent viloyati bo‘yicha 27 286 nafar fuqaro vaqtincha hisobga olingan.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Nodir Ziyayevning ma'lum qilishicha, joriy yilning 10 oyi mobaynida O‘zbekistonga salkam 7 mln nafar xorijlik kelgan. Ushbu davrda 6729 nafar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs respublikamiz hududida bo‘lish qoidalarini buzib yashagani aniqlanib, ular ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

2019 yilda O‘zbekistonda 847 ming 317 nafar fuqaroga biometrik, 781 ming 376 nafariga esa xorijga chiqish uchun pasportlari berilgan.

Yil davomida 4951 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.

 

Mavzuga oid