Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi va Masdar kompaniyasi (BAA) örtasida investitsiya bitimini imzolanişi bölib ötdi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi matbuot xizmatiga köra, Masdar kompaniyasi Özbekiston Respublikasi Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt bölgan fotoelektr stansiyasini qurişga 100 million dollargaça sarmoya kiritadi.
2019 yil 4 oktabr kuni Amirlikning Masdar kompaniyasi Özbekiston Respublikasi tarixida quyoş energiyasiga davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida investitsiyalarini jalb qiliş böyiça birinçi oçiq tender ğolibi deb e'lon qilingan edi.
Masdar quyoş energiyasini rivojlanayotgan bozorlardagi eng past tariflarda – xar bir kilovatt-soat uçun atigi 2,679 AQŞ sent hisobiga yetkazib beriş taklifini bildirdi.

Kompaniya loyihani amalga oşirişning töliq davri (25 yil) mobaynida elektr stansiyasini loyihalaştiriş, moliyalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qiliş işlarini amalga oşiradi. Quriliş işlari 2020 yilning birinçi çoragida boşlanişi va fotoelektr stansiyasini foydalanişga topşirilişi 2021 yilning birinçi çoragida amalga oşirilişi kutilmoqda.
Kelişuv böyiça konsultant sifatida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) jalb qilinib, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga tegişli hujjatlarni işlab çiqişda va xorijiy mamlakatlarning 40 dan ortiq kompaniyalari iştirokida tender savdolarini ötkazişda kömaklaşdi.
Eslatib ötiş joizki, Özbekiston hukumati 18 oktabr kuni Vaşingtonda XMK bilan davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) loyihalari orqali 900 MVtgaça quyoş energiyasini işlab çiqariş böyiça tegişli mandatni imzolagan edi.
Ma'lumot uçun: Masdar kompaniyasi - Abu Dabi hukumati "Mubadala Investment Company" investitsiya xoldingining şö'ba korxonasi bölib, dunyodagi qayta tiklanadigan energiya sohasida yetakçi kompaniyalardan biridir. Kompaniyaning amalga oşirilgan investitsiya loyihalari portfeli qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasini işlab çiqariş böyiça 4000 MVt.dan ortiq örnatilgan quvvatni öz içiga oladi.












