Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 2ta avtobus YTHga uchradi. Avtobuslarda jami 39 nafar yo‘lovchi bo‘lgan
2019 yilning 8 noyabr kuni soat 07:15lar atrofida Toshkent viloyatida ikkita avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Aziya Mebel” tekstil fabrikasiga ketayotgan, "Oqqo‘rg‘on-Quyi Chirchiq-Yangiyo‘l" yo‘nalishida harakatlanayotgan "Isuzi" markali avtobus mahalliy aholidan iborat ishchilarni Toshkent shahridagi korxonalardan biriga olib ketayotgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda to‘qnashib ketgan avtobuslarda jami 39 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.


Jabrlangan yo‘lovchilar Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari markaziy kasalxonalariga joylashtirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning yaqinlariga xabar berilgan.
Yo‘lovchilarning 1 nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. Vaziyat huquq-tartibot idoralari nazoratiga olingan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026