Samarqanddagi Markaziy harbiy okrug madaniyat va ma'rifat markazida ötkazilgan tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga Mudofaa vazirligining kökrak nişoni topşirildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy boş qömondoni Ş.Mirziyoyevning 2017 yil 12 dekabrdagi «Mudofaa vazirligi va joylarda davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda mamlakatning mudofaa salohiyatini mustahkamlaşdagi ularning mas'uliyatini oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga binoan amalga oşirilayotgan işlar töğrisida söz bordi, deb xabar beradi Kun.uz’ga viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari, hokimning axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Manuçehr Mirzayev.
Tadbirda Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatçilarining jangovar şayligini oşiriş, ularning oila a'zolarini ijtimoiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş hamda yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş borasidagi işlar harbiy-ma'muriy sektor rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oşirib kelinayotgani va bu bugungi kunda ijobiy samara berayotgani ta'kidlandi.
Şundan söng, Özbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyruği öqib eşittirilib, generel-mayor Pavel Ergaşev tomonidan Kattaqörğon okrug poligonini barpo etişda munosib hissa qöşgan Samarqand viloyati hokimi, Samarqand harbiy-ma'muriy sektori rahbari Erkinjon Turdimovga Mudofaa vazirligining III darajali «Namunali xizmatlari uçun» kökrak nişoni va Markaziy harbiy okrug qömondonligining esdalik sovğalari topşirildi.
Şuningdek, tadbir davomida Markaziy harbiy okrug qöşinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar orasida xizmat burçini sidqidildan bajarayotgan, harbiy jamoa hayotida faol qatnaşayotgan va harbiy xizmatga va tanlagan mutaxassisliklariga sidqidildan yondaşib, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirişda munosib hissa qöşib kelayotgan harbiy xizmatçilarga harbiy unvon va esdalik sovğalari topşirildi.

















