Farmonga köra, Vazirlar mahkamasi 2020 yilda Ukrainaning xalqaro qöllab-quvvatlanişi böyiça çora-tadbirlar dasturini qabul qilişi kerak.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Islohotlar ötkaziş va davlatni mustahkamlaş böyiça keçiktirib bölmas çoralar töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Farmonda aholi farovonligi darajasini oşiriş, hududlarning uyğunlikda rivojlanişi va yevropaça yaşaş standartlarini joriy etişning qöşimça mexanizmlarini kiritişga qaratilgan tadbirlar töğrisida söz boradi.

Vazirlar mahkamasi yil oxiriga qadar Ukrainaning Doing Business reytingidagi mavqeini yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqişi hamda mamlakat gaz-transport tizimining mustaqil operatorini şakllantirişni tasdiqlaşi lozim.

Şuningdek, yil oxirigaça NATO va Yevropa Ittifoqi standartlariga mos keluvçi mudofaa kuçlari tizimi yaratilişi kerak. Bundan taşqari, yaşaş minimumini hisoblaşda Yevropa tajribasiga tayaniladi.

Vazirlar mahkamasi 2020 yilda Ukrainaning xalqaro qöllab-quvvatlanişi böyiça çora-tadbirlar dasturini qabul qilişi kerak.

Zelenskiy oktabr oxirida Kiyev NATOga kiriş uçun tayyorgarlikni tezlaştirişga tayyorligini bildirgandi.