Kun.uz naşri Telegram`da ötkazilgan sörovnomaga asosan, Özbekistonning 2019 yildagi eng yaxşi elektron ommaviy axborot vositasi deb topildi.

Sörovnomani Sof.uz sayti ötkazdi va unda 3202 kişi qatnaşdi. Kun.uz nomzodini respondentlarning 42 foizi (1355 kişi) qöllab-quvvatladi.

«Darhaqiqat, aynan Kun.uz naşrining taşkil etilişi, milliy axborot maydonida turli xabar saytlarining yuzaga kelişiga ilhom bergan. Saytga bir kunda 400 000 foydalanuvçi taşrif buyuradi», – deyiladi taşkilotçi naşr izohida.

Ikkinçi örinni 17 foiz (552ta) ovoz bilan Sof.uz band etgan bölsa, yuqori uçlikni 14 foiz (442ta) uluş bilan Azon.uz yakunlab berdi. Boşqa bir ommabop yangiliklar naşri – Daryo.uz 9 foiz (279ta) ovoz töplab, 4-örinda qayd etildi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev – eng yaxşi bloger

Sof.uz sayti, şuningdek, 2019 yilning eng yaxşi blogeri va eng yaxşi Telegram-kanalini aniqlaş böyiça ham sörovnoma ötkazdi.

Unga asosan, huquqşunos Xushnudbek Xudoyberdiyev yaqqol ustunlik bilan Özbekistonning eng yaxşi blogeri deb e'tirof etildi.

Nurbek Alimov taxallusiga ega bloger ikkinçi, Azon.uz sayti ta'sisçisi Mubaşşir Ahmad uçinçi poğonani egalladi.

«Zikr ahlidan sörang» – eng yaxşi Telegram-kanal

Islom.uz saytidagi «Zikr ahlidan sörang» loyihasining Telegram`dagi kanali Sof.uz`ning mazkur yönalişdagi sörovnomasida ğolib çiqdi.

Savollar_kanal manzilidagi kanalning 65 mingdan ortiq obunaçisi bor. 16 mingga yaqin iştirokçi qatnaşgan sörovnomada islomiy sahifa 30 foiz ovoz yiğdi.

Huquqşunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning 166 mingdan ortiq öquvçiga ega Xushnudbek.uz kanali esa 22 foiz uluş bilan ikkinçi örinni band etdi.