Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qorako‘l terilarini yashirincha olib chiqish rejasi chippakka chiqdi
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijga yo‘l olgan poyezd vagonlari tarkibi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, mazkur poyezd vagonlarining birida tambur yonidagi rakovina tagiga umumiy qiymati 20,3 million so‘mlik 29 dona qorako‘l terilari yashirilgan holda, noqonuniy olib ketilayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026