«Enfild»da haşamatli spektakl qöyib berildi — 2:5.

«Liverpul» — «Real» 2:5
Gollar: Nunes (4), Saloh (14) — Vinisius (21, 36), Militao (47), Benzema (55, 67).
«Liverpul» – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes (Matip, 73), Roberson, Bayçetiç (Elliott, 85), Henderson (Milner, 73), Fabino, Saloh, Gakpo (Firmino, 64), Nunes (Jota, 64).
«Real» – Kurtua, Karvahal, Ryudiger, Militao, Alaba (Naço, 27), Modriç (Kroos, 87), Valverde, Kamavinga, Benzema (Asensio, 87), Vinisius, Rodrigo (Sebalos, 81).
Ogohlantirişlar: Vinisius (60), Elliott (90+3).

Töqqiz oy ötib

Ötgan yilgi Çempionlar ligasi finalidan buyon töqqiz oy ötdi. Bu vaqt içida «Real» kuçsizlanmagani aniq, «Liverpul»ni esa Parijdagi öşa mağlubiyat butunlay çöktirib yuborgandek. Noyabr oyida, qur’a taşlaş marosimi ötkazilganida köpçilik amaldagi çempion finalçini oson mağlub etişini taxmin qila boşladi — qizillar öşanda APLda öninçi örinda edi va «Lids» hamda «Nottinghem Forest»ga yutqazgandi, «Barselona»ni yenggandi.

Qişga kelib ham köp narsa özgargani yöq. Madridliklar klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqişdi, inglizlar esa barça içki turnirlarni tark etişdi va APLning uç öyinida örtamiyona jamoalardan uçtadan gol ötkazib yubordi — «Vulverhempton», «Brayton» va «Brentford». Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda Yurgen Kloppning iste’fosini talab qila boşladi, holbuki germaniyalik mutaxassis öz nomini abadiylaştirişi mumkin edi — «Liverpul» sovrinlar böyiça poker qayd etişga juda yaqin turgandi.

Mezbonlarning ideal starti

Hozir esa mersisaydliklar mavsum örtasiga kelib mavsumni sovrinsiz yakunlaşi deyarli aniq bölib ulgurgan — faqat Çempionlar ligasida nazariy imkoniyat saqlanib turgandi. Va buning ham ijobiy tomoni bor: törtta turnirda kuraş uçun maksimal e’tibor qaratiş oson bölmasdi, bu örinda esa tanlaşga hojat yöq. Ehtimol, aynan şu «Liverpul»ning öyinni ajoyib boşlaşiga ta’sir qilgandir.

«Real» kamdan kam hollarda ilojsiz holatda qoladi, ammo «Enfild»dagi dastlabki 15-20 daqiqalikda madridliklar öyinini boşqaça ta’riflab bölmasdi. Karlo Ançelotti jamoasi umuman öyinga kirişa olmadi. Jarohat olib safdan çiqqan Kroos va Tçuamenisiz maydon markazida tartibsizlik hukm surardi — Kamavinga umuman bosimga doş bera olmadi va debyutdayoq bir neça qöpol xatolarga yöl qöyib ulgurdi. Çap qanotda esa Alaba Salohning tempiga ulgura olmadi, bölim örtalarida esa jarohat oldi — uning örniga öng oyoqda öynovçi Naçoni tuşirişga töğri keldi.