Iroqda ham, Livanda ham namoyişlarning yaqqol yetakçilari yöq, asosan yoşlar, qizlar va talabalar köçalarga çiqmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali birlaşib, aksiyalarni taşkillaştirişmoqda va bir-biriga yordam berişmoqda. Ular korrupsiya va işsizlikdan norozilik bildirib, hukumatdagi lavozimlar xizmatlarga qarab emas, qaysi diniy guruhga mansubligiga qarab taqsimlangan tizimni ayblaşmoqda.

«Iroqdan Bayrutga qadar - bitta inqilob, u ölmaydi», - degan şiorlar yangramoqda Bayrut köçalarida.

Hamma köçaga çiqmoqda

Livanda bunday birlaşiş 1990 yildagi uruşdan beri kuzatilmagandi

Livanda köp yillardan beri, fuqarolik uruşi davridan beri ilk marta namoyişlar bölib ötmoqda. Qolaversa, bu safargi namoyişlar konfessiya tafovutlarini çetlab ötmoqda: şialar, sunniylar, xristianlar, druzlar köçalarga çiqdi - norozilik barçani birlaştirdi. Birinçi marta livanliklar bir millat bölib birlaşişdi.

Iroqda esa asosan şialar namoyiş uyuştirmoqda. Ammo bu degani mavjud vaziyat boşqalarni qoniqtiryapti, degani emas. Bi-bi-si eksperti, Vaşington institutining Yaqin Şarq böyiça tadqiqotçisi Xanin Gaddarning fikriça, sunniylar özlarini ötmişda bölgani kabi radikal dindorlar bilan aloqada ayblaşlaridan çöçişmoqda. 2013 yilda IŞID ekstremistlari mintaqada mustahkamlanib oliş uçun namoyişçilarning çiqişlaridan foydalanişgandi. Endilikda norozi sunniylar namoyişlarni qöllab-quvvatlaşsa-da, ommaviy harakatlarga qöşilişmayapti.

Nimalar bölmoqda?

Har bir arab davlati öziça baxtli, ammo ularning baxsizliklari öxşaş: notenglik, qaşşoqlik, yoşlarning turmuşidagi behalovatlik (aholining 60 foizi - 30 yoşdan kiçik bölganlar), misli körilmagan korrupsiya, resurslar va boyliklarning adolatsiz taqsimlanişida elitaning ayblanişi.

Mamlakatda kelajagini köra olmayotganlar arab şaharlarida köçalarga çiqdi.
Suratda - Bağdoddagi Tahrir maydoni

Azaldan amalda bölib kelgan hukumat va xalq örtasidagi oçiq kelişuv - sodiqlik evaziga barqarorlik va farovonlik - endi yöqoldi, hukumatdagilar berilgan va'dalarni bajarmayapti va aholining birinçi navbatdagi ehtiyojlarini ham qondira olmayapti, xalq esa ölim xavf solib tursa-da noroziligini namoyiş etişdan qaytmayapti.