Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank so‘mning ramz tarzidagi grafik belgisini tasdiqlash huquqiga ega bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi O‘zbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasini tashkil etishni va uni tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir. Bir so‘m yuz tiyindan iborat.
So‘m O‘zbekiston Respublikasidagi yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
So‘mning ramz tarzidagi grafik belgisi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul muomalasini tashkil etadi.
So‘m va oltin o‘rtasida yoki boshqa qimmatbaho metallar o‘rtasida nisbat belgilanmaydi.
Markaziy bank pul belgilarining tayyorlanishini, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarining saqlanishini, bosma qoliplar va bo‘yoqlarning saqlanishi hamda yo‘q qilinishini ta'minlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yo‘q qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.
Mavzuga oid
13:46 / 13.07.2026
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
19:43 / 04.07.2026
Eskrou orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi bitimlari o‘sishda davom etmoqda
15:00 / 03.07.2026