«Özbekkino» Milliy agentligi delegatsiyasi Moskvaga amaliy taşrif doirasida «Soyuzmultfilm» studiyasiga taşrif buyurdi.
Uçraşuv davomida tomonlar özaro hamkorlik töğrisida memorandum imzolaşdi. «Özbekkino» va «Soyuzmultfilm» hamkorlikda Xöja Nasriddin haqida animatsion serial işlaşga kelişib oldi.
«Soyuzmultfilm» bilan memorandum imzoladik va hamkorlikdagi birinçi loyihamiz Xöja Nasriddin sarguzaştlari haqidagi animatsion serialni yaratişdir. Ehtimol, bu personaj nafaqat bolalarimiz va yoşlarimizning, balki, kattalarning ham sevimli multiqahramoniga aylanadi», - deydi «Özbekkino» boş direktori Firdavs Abduxoliqov.
«Soyuzmultfilm» kinostudiyasi boş direktori Boris Maşkovsevning sözlariga köra, Xöja Nasriddin haqidagi animatsion serialni yaratiş ğoyasi qöllab-quvvatlangan.
«Barça katta yoşlilar bu ajoyib qahramon haqidagi afsonalarni eşitib ulğaygan. Uşbu qahramon orqali Buxoro va Samarqandni ham tomoşabinga tölaroq körsatib beriş mumkin», - dedi u.

















