Afg‘onistonda prezident saylovlari natijalarini e'lon qilish yana kechiktirildi
Avvalroq dastlabki natijalar 19 oktyabrda, yakuniy natijalar esa 7 noyabrda e'lon qilinishi aytilgandi.
Afg‘oniston milliy saylov komissiyasi 14 noyabrga mo‘ljallangan prezident saylovi natijalarini e'lon qilish sanasini ortga surdi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Milliy saylov komissiyasi shu yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi natijalarini e'lon qilishni birinchi marta kechiktirayotgani yo‘q. Avvalroq dastlabki natijalar 19 oktyabrda, yakuniy natijalar esa 7 noyabrda e'lon qilinishi aytilgandi. Keyinroq dastlabki natijalar 14 noyabrda e'lon qilinishi ma'lum qilindi.
Saylov komissiyasining bildirishicha, "8 mingta saylov uchastkasida ovozlarni hisoblash jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi keskinlik yuzaga kelgani sababli" saylov natijalarini e'lon qilish kechiktirilgan.
MSK vakili Aziz Ahmad Ibrohimiyning so‘zlariga ko‘ra, nomzodlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun butun Afg‘oniston hududida ovozlarni hisoblash jarayoni vaqtincha to‘xtatilgan.
Afg‘onistonda prezident saylovlari 28 sentyabrda bo‘lib o‘tgandi. Pajvak agentligining ma'lumot berishicha, saylov o‘tkazilgan kuni qilingan hujumlar oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgan, 123 kishi yaralangan.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024