2019 yil 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda videolavha tarqaldi, unda çegaraçilar Farğona viloyatining Farğona tumani Hosilot çegaraoldi aholi punktida bir neça fuqaroga nisbatan jismoniy kuç işlatgani tasvirlangan.
DXX Çegara qöşinlari bayonotiga köra, 10 noyabr kuni soat taxminan 17:00lar atrofida Farğona tumanining Hosilot çegaraoldi aholi punktida, videolavhada körsatilgan köprik yonida çegara naryadi xizmat olib borgan. Uning vazifalari orasida çegaraoldi hududida, yuqoridagi holatda esa, körsatilgan hududda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini tekşiriş bölgan.
Şu vaqtda fuqarolar U.S. va A.F. uşbu hududda «Neksiya-2» rusumli avtomobilda harakatlangan. Ular naryadning töxtaş haqidagi buyruği talablariga e'tibor bermay, çegaraoldi naryadiga qarab harakatlaniş manyovridan foydalangan holda, yuqori tezlikda yaşiringanlar.
Oradan bir munça vaqt ötgaç, uşbu fuqarolar ortga qaytib, çegaraçilar yonida töxtaşgan va mojaro keltirib çiqarişga urinişgan, çegara naryadini haqorat qilişgan hamda töplangan mahalliy aholini harbiy xizmatçilarning qonuniy talablariga e'tibor bermaslikka çaqirişgan. Şu tariqa, ular Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 196-1-moddasi (Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilarining qonuniy talablarini bajarmaslik va ularning qonuniy faoliyatiga qarşilik körsatiş) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etişdi.
Şundan söng, fuqarolar U.S. va A.F. «Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisida»gi qonunning 43-moddasi va «Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonunning 44-moddasi talablariga muvofiq jismoniy kuç işlatgan holda qölga olingan.
Ma'lum bölişiça, uşbu fuqarolarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar, şuningdek avtoulovni boşqariş huquqini beruvçi hujjatlar yöq bölgan.
Natijada, ular belgilangan tartibda rasmiylaştiriş uçun içki işlar organlariga topşirildi.
Qayd etilişiça, fuqaro U.S. bundan oldin bir neça bor davlat çegarasi rejimini buzganligi va u orqali turli xil tovar-moddiy buyumlarini noqonuniy ravişda olib ötgani uçun ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Hozirgi vaqtda Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari qömondonligi harbiy prokuratura xodimlari bilan birgalikda uşbu holat böyiça xizmat tekşiruvi olib bormoqda.

















