Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengaşini tuziş va uning faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror Özbekistondagi investitsiya muhitini yanada yaxşilaş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga va boşqa muhim sohalarga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilişni kengaytiriş, ilğor xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda sifatli investitsiya jarayonlarini taşkil etiş maqsadida qabul qilinmoqda.
Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşi tuzilmoqda.
Kengaşning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- ilğor jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda Özbekiston Respublikasi Hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirişning eng muhim yönalişlari böyiça maslahatlar beriş;
- qulay investitsiya muhitini şakllantirişda, mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va hududlarga raqobatbardoş eksportbop mahsulotlarni işlab çiqaruvçi zamonaviy korxonalarni taşkil etiş maqsadida sarmoya kiritişlarini rağbatlantirişning samarali mexanizmlarini şakllantirişda bevosita iştirok etiş, şuningdek, investitsiyalarni, eng avvalo töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilişga va özaro manfaatli savdoni rivojlantirişga kömaklaşiş;
- davlat organlari va xöjalik yurituvçi sub'yektlarning xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiya va boşqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari bilan özaro manfaatli hamkorligini ta'minlaş;
- investitsiyalarni jalb qiliş va investorlarning, şu jumladan, xorijiy investorlarning faolligiga tösqinlik qiluvçi asosiy omillarni aniqlaş va tahlil qiliş, respublikada qulay işbilarmonlik va investitsiya muhitini saqlab turişni ta'minlaş;
- davlat organlari, Özbekiston Respublikasida faoliyat yurituvçi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari, xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boşqa tuzilmalarning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari bilan investitsiya jarayonlariga tösqinlik qiluvçi omillarni bartaraf etişga qaratilgan samarali takliflarni işlab çiqiş;
- eksportni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini takomillaştirişga, savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini izçil rivojlantirişga, mahalliy tovarlar va xizmatlarni taşqi bozorlarga olib çiqiş uçun qulay şaroitlar yaratişga, samarali transport yölaklari, zamonaviy logistika zanjirini şakllantirişga kömaklaşiş;














