Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida 7 noyabr kuni tadbirkorlik va kiçik biznesni joylarda yanada rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlarni aniqlaş va işga soliş böyiça körilayotgan çoralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi.

Uşbu yiğilişda davlat rahbari «Bundan buyon taraqqiyot va farovonlikka faqatgina tadbirkorlikni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş orqali erişiş mumkin», degan fikrni ilgari surib, hokimlar va sektor rahbarlariga tadbirkorlarga murojaat bilan çiqiş topşiriğini bergan edi.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyat yoşlar markazida tadbirkorlarga murojaat yölladi. Kun.uz muxbiri hokim murojaatining belgilangan rejalarga doir ayrim jihatlarini keltirib ötdi.

«Tadbirkorlik – innovatsion va zamonaviy yondaşuvlar, ilğor texnologiya va boşqaruv usullari asosida taşkil etiladigan iqtisodiy yönaliş sifatida taraqqiyot omiliga aylanib bormoqda.

«Faol tadbirkor» deganda raqobatbardoş mahsulot işlab çiqarişga qodir, eng muhimi, yangi iş örinlari yaratib, nafaqat özini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan fidoyi insonlar qatlami tuşuniladi.

Viloyatda bugungi kunda 26600ta kiçik biznes sub'yekti faoliyat yuritmoqda. Ularning soni joriy yilda 8500taga köpayişi kutilmoqda.

Viloyatda paxtaçilik tarmoğida 8ta paxta-töqimaçilik klasterlari faoliyati yölga qöyildi. Natijada uşbu klasterlarda nafaqat ğözani yetiştiriş, balki paxtani yiğiştirib oliş va qayta işlaş, ip kalava, tayyor mahsulot işlab çiqariş yölga qöyilmoqda. 2020 yilda klaster tizimi yanada keng rivojlanib, ğallaçilik yönalişida 19ta klaster korxonalari taşkil etiladi.

Hududiy dasturlar doirasida 2019 yilning yakuni bilan 6 trln sömlik 801ta loyiha amalga oşirilişi va 16094ta iş örinlari yaratilişi ta'minlanadi. Buning natijasida qöşimça 25 mln dollarlik mahsulot eksport qiliş imkoniyati yaratiladi», – dedi viloyat hokimi yil davomida erişilgan yutuqlarni sanab.

Turdimov öz murojaatida kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş, ularga yordam qölini çözişda rahbarlar yangiça iş uslubiga ötişlarini e'lon qildi. Çunonçi, Samarqandda tadbirkorlikka kömak beruvçi mas'ul idoralar, 4ta sektor rahbarlari bundan buyon