Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunatilla Bekenov Yaponiya fuqaro aviatsiyasi byurosi direktori örinbosari boşçiligidagi “Sumitomo korporeyşn” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Uçraşuvda mamlakat fuqaro aviatsiyasini isloh qiliş böyiça qabul qilingan sönggi qarorlar, yangiliklar, xususan turizm va sayyohlik borasidagi islohotlar natijasida sohada amalga oşirilayotgan özgarişlar va ustuvor yönalişlar töğrisida ma'lumot berildi.

“Bu uçraşuv Özbekiston prezidentining yaqinda kunçiqar mamlakatga rejalaştirilayotgan oliy darajadagi taşriflari oldidan muhim ahamiyat kasb etadi”, - dedi agentlik direktori S.Bekenov.

Uçraşuvda dunyo tajribasida özini oqlagan usul sifatida aeroportlar faoliyatini samarali boşqarişda davlat-xususiy şerikçilik mexanizmlaridan oqilona foydalaniş istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, Toşkent xalqaro aeroportini konsessiya usulida boşqariş loyihasi böyiça takliflar taqdim etildi. Samarqand, Buxoro, Urganç, Farğona va Termiz aeroportlarida uşbu mexanizm asosida boşqarişga qiziqiş borligi e'tirof etildi.

Şuningdek, “Özbekiston aeroportlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga yaponiyalik ekspertlarni jalb etiş masalasi muhokama qilindi.

Xalqaro aeroportlar reytingida yuqori örinlarda turuvçi Yaponiyaning Narita, Fukoka, Senday, Kansay va Xokkaydo aeroportlari, ulardagi boşqaruv tizimi, foydalanuvçilar uçun yaratilgan qulay imkoniyatlar haqida fikr mulohazalar bildirildi.

Yaponiya delegatsiyasi rahbari samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, aviatsiya sohasidagi investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oşiriş böyiça öz takliflari bilan örtoqlaşdi.