Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 7 noyabr kuni tadbirkorlik va kiçik biznesni joylarda yanada rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlarni aniqlaş va işga soliş böyiça körilayotgan çoralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi.
Mazkur yiğilişida prezident: «Bundan buyon taraqqiyot va farovonlikka faqatgina tadbirkorlikni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş orqali erişiş mumkin», degan fikrni ilgari surib, hokimlar, sektor rahbarlariga tadbirkorlarga murojaat bilan çiqiş topşiriğini bergan edi.
Kun.uz Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolovning voha tadbirkorlariga qilgan murojaatining diqqatga sazovor qismlarini keltirib ötadi.
«Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Ikkita iş joyi yaratgan odamni yelkamda kötaraman!», «Agar tadbirkorga şaroit yaratmasak natija bölmaydi», «Har bir tadbirkorga – kömakdoş, yelkadoş va madadkormiz!» degan ustuvor ğoyalar bugun barça darajadagi rahbarlarga dasturulamal bölib xizmat qilişi lozim.
...Viloyatdagi tadbirkorlik sub'yektlari soni bugungi kunda 18 ming 705tani taşkil etib, band aholining 74 foizi, budjet daromadlarining esa 84 foizi aynan xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga töğri kelmoqda.
...Kelib tuşayotgan murojaatlarni tahlil qiladigan bölsak, bugungi kunda tadbirkorlarni qiynayotgan 2 ta muhim masala bor: bu yer ajratiş va kredit beriş masalasi.
...Viloyatimizda 2016 yilga qadar biznes yuritişda va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişda juda katta tösqinliklar mavjud bölganligi, bu holatlar tadbirkorlikni rivojlantirişga juda katta salbiy ta'sir körsatib kelganligini köpçilik yaxşi biladi.
...«INDeNIM» brendi ostida respublika böyiça asosan mahalliy mahsulotlarni sotişga möljallangan 12ta yirik savdo majmuasi taşkil etildi. Korxona ta'sisiçisi Şerzod Şaymardonov surxondaryolik bölsa-da, viloyatda tadbirkorlik muhiti yaxşi bölmaganligi sababli şu vaqtgaça respublikamizning boşqa viloyatlarida öz biznesini olib borgan.
...Bugun viloyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yuzasidan qator vazifalarni belgilab olganmiz va bu vazifalarni Siz aziz tadbirkorlik sub'yektlari vakillari bilan birgalikda amalga oşirişimiz lozim.
- Birinçidan, viloyatimizda import örnini bosuvçi va eksportbop mahsulotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonalarni köpaytirişimiz;












