O‘zbekiston | 07:58 / 15.11.2019
4207
2 daqiqa o‘qiladi

YeTTB O‘zbekiston mehmonxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin

Foto: EBRD / Mike Ellis

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining mehmonxonalar va ko‘chmas mulk bo‘yicha missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori turistik sohadagi islohotlar, aynan shu tizimda faoliyat yuritayotganlar uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyozlar va ijobiy siljishlar, mehmonxona biznesini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlatga tegishli bo‘lgan obektlar negizida mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish istiqbollari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Mazkur jarayonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan xususiy sektor vakillarining yirik mehmonxona majmualarini xususiylashtirish yoki yangidan qurish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etishi, mehmonxonada xizmat qiluvchi xodimlarning treninglar o‘tkazish orqali malakasini oshirish, turizmni rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritishi hamda ekspertlarni jalb etgan holda ichki bozor o‘rganilib, yirik loyihalarni amalga oshirish mumkinligi aytildi. Bunda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tijorat banklari orqali resurslar ajratib beriladi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki salohiyatli investorlarni O‘zbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantirish uchun jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Mavzuga oid