Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunatulla Bekenov Birlaşgan millatlar taşkilotining xalqaro eksperti Jyeyko Saviçni qabul qildi.
Uçraşuvda dastlab, agentlik faoliyati, asosiy funksiya va vazifalari hamda yaqin kelajakdagi rejalari töğrisida batafsil ma'lumot berildi.
Qayd etilganidek, davlat budjetiga umumiy tuşumning asosiy qismini korxonalar va aktivlar hisobidan tuşadigan dividendlar (taxminan 70 foizi), xususiylaştiriş va davlat mulkini ijaraga berişdan tuşgan tuşumlar taşkil qiladi.
“Strategik ahamiyatga ega bölgan korxonalardan taşqari, davlat uluşi mavjud barça korxonalar bosqiçma-bosqiç xususiylaştiriladi”, dedi agentlik direktori.
Korxonalarning xususiylaştirilişi davlat budjetini töldiriş uçun emas, balki işlab çiqariş samaradorligi va biznesda raqobat muhitini yaxşilaş maqsadida qilinişi lozimligini alohida ta'kidladi. Bu yönalişdagi işlar asosan strategik investorlar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotganligi bois, yuzaga kelişi mumkin bölgan işsizlik darajasi ortiş xavfining yuqori bölmasligi aytildi.
Uçraşuvda şuningdek, Birlaşgan millatlar taşkiloti rivojlantiriş dasturi va uning ahamiyati haqida ham sözlab berildi.
Davlat korxonalari va aktivlari hisobidan budjetga tuşumning umumiy miqdori va tarkibi, xususiylaştirilişi yoki davlat boşqaruvida qoldirilişi rejalaştirilgan korxonalar haqida söz bordi.
Uçraşuv yakunida samarali hamkorlikka kelişib olingan.

















