15 noyabr kuni Toşkentda «Özbekiston iqtisodiyotining rivojida kapital bozorining örni» mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötdi.

Konferensiya davomida sözgan çiqqan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunnatilla Bekenov kapital bozorining ahamiyati, davlat korxonalarining xususiylaştirilişi haqida ma’lumot berdi.

«Hozirda öta faol investitsion siyosat olib borilyapti. Davlat muassasalari davlat rahbari tomonidan yuklanayotgan topşiriqlardan kelib çiqib,  investitsion mablağlarga extiyoj sezyapti.  Tabiiy holda bu kompaniyalardagi boşqaruv orqali kapital bozorida iştirok etiş, aksiya,  obligatsiyalar çiqariş orqali jalb qilişni kapital bozori vositasida kuçaytiramiz.

Oziq-ovqat, tekstil, quriliş materiallari va boşqa sohalarda raqobat yetarli darajada rivojlangan va davlat boşqaruvida qoliş zaruriyati bölmagan korxonalardan çiqişni közda tutyapmiz.

Hatto muayyan strategik yirik korxonalar – neft-gaz, toğ-kon metallurgiyasi sohalarida yaqin yillarda davlat rolining yuqori bölişi közda tutilayotgan bölsa ham, taşqi investorlar,  aksiyadorlarni jalb etiş orqali davlat korxonalaridagi menejyerlarning qançalik samarali işlayotganiga baho beramiz. Davlat iştirokidagi korxonalar faoliyati samaradorligini faqat kapital bozori baholay oladi», – degan Bekenovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.