Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zafar Hoshimov: «Ichki bozorda IPO o‘tkazish bosqichiga ham yetib kelishimizga ishonaman»
15 noyabr kuni Toshkentda «O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojida kapital bozorining o‘rni» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda investitsiya kompaniyalari va moliyaviy institutlar ekspertlari, O‘zbekiston kompaniyalari va davlat organlari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada «Korzinka.uz» asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov ham spiker sifatida qatnashdi. Anjuman davomida unga: «Agar biror yirik loyihangiz yoki kompaniyani kengaytirish rejangiz bo‘lsa, mahalliy bozorda IPO (aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining ilk marta ommaviy sotilishi) o‘tkazarmidingiz?» deya savol bilan murojaat qilindi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirkor bu savolga javoban O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishning bu bosqichiga ham yetib kelishiga ishonishini ta'kidlagan.

«O‘tgan o‘n yilliklarda bozor rivojlanishi sur'atlari hamda o‘shanda mavjud bo‘lgan cheklanishlar bizga katta tezlikda o‘sishga erishish imkonini bermayotgandi. Sekin o‘sish uchun esa biznesning o‘zi hosil qilayotgan pul oqimi bilan kifoyalanayotgan edik.
Lekin hozir bozorimiz ochilyapti. Eshitgan bo‘lsangiz kerak, sohamizga katta xalqaro o‘yinchilar nazar solishyapti. Biz uchun tezkor o‘sish hozirda muhim ahamiyat kasb etyapti. Shu sababli biz investorlar bilan jadal muzokaralar olib boryapmiz.
Mahalliy bozorda IPO o‘tkazishga keladigan bo‘lsak, bu bosqichga ham qachondir yetib kelishimizga ishonaman. Istalgan mamlakatga qaraydigan bo‘lsangiz, iqtisodiy o‘sish bozor munosabatlari va iqtisodiy infrastruktura rivojlanishi bilan bog‘liq holda ro‘y berganini ko‘rishingiz mumkin. Iqtisodiy o‘sishni tadbirkorlik ruhiyati va tadbirkorlikka nisbatan mavjud ijobiy muhit shakllantiradi. Jadal o‘sish ortida esa, bulardan tashqari, doim uning o‘zining «Wall Street»i bo‘ladi. Hozir shu yerda, ehtimol, o‘zbek «Wall Street»i inauguratsiyasining guvohi bulib turgandirmiz», – dedi Zafar Hoshimov.

Mavzuga oid
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
11:36 / 28.11.2025
O‘zbekistonda steyblkoin rasman to‘lov vositasiga aylanadi
17:28 / 16.08.2025
NKMK dual listingda 20 mlrd dollarlik kompaniyaga aylanmoqchi
15:39 / 29.04.2025