Namangan viloyatining Uyçi tumanida bir oilaning uç a'zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi, yana bir kişi şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«2019 yil 17 noyabr kuni soat 03:10larda Namangan viloyati Uyçi tumani «Döstlik» MFY, Mirişkor köçasidagi uyda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlangan. Voqea joyida 3 nafar fuqaro vafot etgan (xonadon sohibining turmuş örtoği va ikki nafar farzandi), 1 nafar fuqaro (xonadon sohibi) tuman şifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur mudhiş voqea sabablari örganilganda, gaz uskunalaridan va isitiş moslamalaridan foydalanişda yonğin va xavfsizligi talablariga rioya qilinmagani aniqlangan. Xonadonda qölbola yasalgan isitiş peçiga propan gaz balloni rezina şlang orqali ulanib uy içida foydalanilgan, natijada is gazi hosil bölib, fuqarolar uxlab yotgan vaqtlarida zaharlangan», deyiladi xabarda.


Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.

«Aziz hamyurtlar! Kirib kelayotgan isitiş mavsumida gaz va boşqa muqobil yoqilği turlaridan xavfsiz foydalaniş qoidalariga amal qiling. Qölbola va sertifikatlanmagan isitiş anjomlaridan foydalanmang. Is gazidan zaharlanişdan özingiz va yaqinlaringizni asrang», deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.
















