
Bu haqda Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Markazning tantanali oçiliş marosimiga Belgorod davlat universiteti rektori Oleg Poluxin boşçiligida universitet delegatsiyasi taşrif buyurdi.

Qöşma ta'lim markazi 5 ta öquv va 1 ta öqituvçilar xonasidan iborat bölib, auditoriyalar til örganiş uçun barça zarur öquv qöllanmalari: darsliklar, elektron luğatlar, körgazmali qurollar, audio va video materiallar mavjud.
Uşbu ta'lim markazida abituriyentlar, talabalar, universitet xodimlari va aholi vakillari rus tilini örganişlari, rus adabiyoti, madaniyati va urf-odatlari bilan tanişişlari mumkin. Markazda pedagoglar malakasini oşiriş böyiça onlayn kurslar ham olib boriladi.

QarDU rektori B.Şoimqulov rossiyalik hamkasbi bilan hamkorlik aloqalarini kengaytiriş masalalari muhokama qildi. Muzokaralarda hamkorlikda qöşma fakultet oçiş, Maktabgaça va boşlanğiç ta'lim yönalişlarida qöşma dastur imzolaşga kelişib olişdi.

Uçraşuv yakunida Belgorod davlat universiteti rektori, professor Oleg Poluxinga Qarşi davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi.
















