Özbekiston liberal demokratlar partiyasi poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarni yöq qiliş tahdidi haqidagi audioyozuv böyiça munosabat bildirdi.
«Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlar va internet OAVda Toşkent şahar hokimi J.Ortiqxöjayevga tegişli ekani aytilayotgan, jurnalist va blogerlar şa'niga öta keskin fikrlar bildirilgan audioyozuv mamlakatimizdagi barça OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatçilikning keskin tanqidiga sabab bölmoqda.
J.Ortiqxöjayev şaxsi bilan boğliq mazkur holat tabiiyki ÖzLiDeP’ni ham befarq qoldirgani yöq.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida ham qonun hamma uçun tengligi, inson xuquqlari ustuvorligi e'tirof etilgan. Şu tufayli ÖzLiDeP inson şa'niga nisbatan qilingan har qanday tajovuz jazosiz qolmasligi kerak deb hisoblaydi.
Şu bilan birga haqoratli sözlar yangragan audioyozuv haqiqatan ham J.Ortiqxöjayev tomonidan aytilganligi yuzasidan yetarliça tasdiqlovçi dalillar mavjud bölmagani sababli uşbu masalaga munosib huquqiy baho beriş, vaziyatga aniq xulosa yasaş maqsadida audioyozuv hozirda maxsus davlat organlari tomonidan ekspertiza qilinayotganligi ma'lum. Şundan kelib çiqib partiya jurnalist va blogerlarni, turli davlat va nodavlat taşkilotlari faollarini vaziyatga ekspertiza xulosasi asosida baho berilgunga qadar xulosa çiqarmaslikka çaqiradi.
Öz navbatida ÖzLiDeP Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmatini yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida tegişli munosabat bildirişini söraydi.
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi keyingi yillarda mamlakatimizda demokratik islohotlarning eng muhim şarti – söz va fikr erkinligiga juda katta yöl oçib berilganini alohida e'tirof etadi. Lekin har qanday erkin fikr, erkin söz inson qadr-qimmatiga daxl qilmasligi şart deb hisoblaydi», deyiladi ÖzLiDeP matbuot xizmati xabarida.















