Rossiya 2018 yil noyabrda Kerç böğozida rossiyalik çegaraçilar tomondan uşlangan uçta kemani Ukrainaga qaytardi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligida ma'lum qilindi.
“Şuni yana bir bor ta'kidlaşni istardikki, 2018 yil noyabrda harbiylarga iğvogar harakatlarni amalga oşirişga buyruq bergan rasmiy Kiyevning harakatlari nafaqat Rossiya suverenitetiga, balki ongli ravişda hayotlari xavf ostiga qöyilib, qoidabuzarlikni amalga oşirişga undalgan ukrainalik fuqarolarga qarşi jinoyat hisoblanadi”, deyilgan vazirlik xabarida va Rossiya kelgusida ham öz çegaralari yonida har qanday iğvogar harakatlarni qattiqqöllik bilan oldini olişi ta'kidlab ötilgan.
Ukraina taşqi işlar vaziri örinbosari Yelena Zerkal “Nikopol”, “Berdyansk” va “Yani Kapu” kemalari Odessaga yöl olayotganini ma'lum qilgan.
Noyabr boşida Ukraina taşqi işlar vazirligi Rossiyaga uşlangan kemalarni qaytariş talabi bilan nota yöllagandi.
May oyida esa BMTning xalqaro tribunali dengiz huquqşunosligiga köra Rossiya zimmasiga Ukrainaga kemalari va dengizçilarini qaytariş majburiyatini yuklagandi. Sentyabrda Rossiya va Ukraina örtasida mahkumlarni almaşiş doirasida Kerçdagi voqea vaqtida qölga olingan 24 ukrainalik dengizçi vataniga qaytarilgandi.
Ukraina kemalari Azov dengizida uşlangandi. Rossiyaning ta'kidlaşiça, kemalar Rossiya suv hududlariga noqonuniy ravişda kirgan.

















