13 mart kuni Quriliş vazirligida yangi tahrirdagi Şaharsozlik kodeksi loyihasi yuzasidan davra suhbati bölib ötdi. Unda vazirlik rahbariyati, deputatlar va soha mutaxassislari qatnaşdi.

Quriliş vaziri örinbosari Şuhratxöja Hoşimov energosamarador quriliş materiallaridan foydalaniş masalasiga töxtaldi.

«2021 yildan boşlab quriliş işlarida ğiştni qöllaş maksimal darajada kamaytiriladi.

Devorbop energosamarador, energotejamkor materiallar bu – penobeton, gazobeton.

E'tibor berayotgan bölsangiz, yangi qurilayotgan uylarda taşqi tarafdan bazalt tolali plitalar yordamida issiqlikni saqlaş masalasi hal etilyapti.

Bu, birinçidan, zaminimizdagi resurslarga iqtisodiy nuqtayi nazardan yondaşiş, ikkinçidan aholining oila budjetini iqtisod qiliş imkonini beradi», – dedi Şuhratxöja Hoşimov.

Kun.uz muxbiri xabariga köra, vazir örinbosari respublikada qurilgan binolar, qişloq uylarining sifati böyiça aholida e'tirozlar  köpligini aytib ötgan.

Uning ta'kidiça, aynan şu e'tirozlarni inobatga olgan holda, Şaharsozlik kodeksi loyihasida quriliş tizimi nazorati, sifat nazorati, buyurtmaçi xizmati, pudrat taşkilotining texnik nazorati, mualliflik nazorati böyiça alohida bob kiritilgan. Bu esa qurilişning har bir yönalişida faoliyat olib boruvçi mutaxassislar mas'uliyatini oşiradi.