«Bizda oliy ta'lim muassasalarida an'anaga aylanib ulgurgan «NB» degan narsa yöq! Institutimizda öqituvçilar dars boşlanganda talabalarni yöqlama qilişmaydi. Sababi biz «Öqi!» deb talabalarning orqasidan yurmaymiz. U pul tölab tahsil olyaptimi, institutga öqiyman deb kelişi, özi uçun öqişi kerak.
Öqiydigan talabani qöllab-quvvatlaymiz. Institutimizning öquv korpuslari, moddiy-texnik bazasi jahon darajasida. Talabalarga yönalişi böyiça yetarli bilim olişi uçun hamma narsa bor. Faqat öqişsa bölgani. Ertaga SKILLS va KNOWLEDGE bölsa, talabaga diplomni beramiz. Talaba institutimizni muvaffaqiyatli tugatsa, u ertaga bizning yuzimiz. Şularning orqasidan boşqalar öqişga keladi», deya Janpölat Kudaybergenovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Yangilanayotgan jamiyatda yoşlarning ijtimoiy faolligi: muammo va yeçimlar» mavzusidagi konferensiyasida rektor Özbekistonga endi xususiy oliy ta'lim muassasalari kirib kelayotgani juda yaxşi hodisa ekani, bu albatta oliy ta'lim sohasidagi raqobatga ijobiy ta'sir qilişini qayd etib ötdi.















