Toşkent şahridagi Yodju texnika institutida tahsil olayotgan talabalar universitetda mos bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarida öqişini davom ettiradilar hamda bitiruvçi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.

Şuningdek, institutning rasmiy “TOŞKeNT ŞAHRIDAGI YoDJU TeXNIKA INSTITUTI” nomini “TOŞKeNT KIMYo XALQARO UNIVeRSITeTI”ga almaştiriş böyiça qaror qabul qilindi.

Uşbu xalqaro universitet ta’sisçisi A.Vahobov va rektor J.Kudaybergenov boşçiligidagi rasmiy delegatsiya Janubiy Koreyaning Gachon va Hanyang universitetlarida bölişdi. Delegatsiya taşrifi doirasida Toşkent Kimyo xalqaro universiteti va Gachon universiteti örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Taşrifdan közlangan maqsad - mavjud hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, qöşma dasturlar kölamini kengaytiriş, professor-öqituvçi va talabalar almaşinuvi masalalarini muhokama qilişdan iborat. Delegatsiya Janubiy Koreyada tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar holidan xabar olişdi. Uçraşuv yakunida hamkorlikning boşqa yönalişlarini muhokama qiliş böyiça muloqotlarni muntazam taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.

Degu universitetining rektori Park Soon Jin Toşkent Kimyo xalqaro universitetining xalqaro hamkorlik böyiça rektor maslahatçisi va koreyaşunoslik markazi rahbari lavozimiga tayinlandi. Hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaning Degu universiteti delegatsiyasi ham Özbekistonda bölib, ta’lim mazmuni bilan tanişdi.

Uçraşuv jarayonida ikki universitet örtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kuçaytiriş, talabalar almaşinuvi, 2+2 va 3+1 ta’lim dasturlarini rivojlantirişga kelişib olindi. Jumladan 2023 yil mart oyidan boşlab Degu universiteti tomonidan Özbekistonga yuqori malakali professor öqituvçilarni yuboriş iş rejasi tuzildi. Hozirgi kunda Toşkent Kimyo xalqaro universitetining 27 nafar talabasi biznesni boşqariş, moliya, turizm, xalqaro iqtisodiy aloqalar, arxitektura va şahar dizayni, xalqaro marketing, buxgalteriya hisobi, bank işi va koreys filologiyasi yönalişlarida Degu universitetida 2+2 ta’lim dasturi böyiça tahsil olişmoqda.