Indoneziyaning Bandung shahri rahbariyati gadjetga mukkasidan ketishga qarshi yangi dasturni ishlab chiqib, hayotga tatbiq etmoqda.
Unga ko‘ra, o‘sib kelayotgan yosh avlodni smartfonlardan chalg‘itish uchun quyi sinflar o‘quvchilariga jo‘jalar va chili garmdorisi urug‘lari berila boshlangan. Amaldorlar bolalar jo‘jalarni parvarishlash va garmdori yetishtirish bilan mashg‘ul bo‘lib, gadjetlar ekrani ortida kamroq vaqt o‘tkazishlariga umid qilishmoqda.
Ma'lum qilinishicha, hozircha ushbu tajribada shaharning faqat 10 maktabi ishtirok etmoqda, biroq natijalar ijobiy bo‘lsa, dasturga boshqa maktablar ham qo‘shiladi.
Hootsuite va We Are Social’ning yaqinda o‘tgan tadqiqoti ma'lumotlariga ko‘ra, indoneziyaliklar internetda ko‘p vaqt o‘tkazish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egallaydilar. Mamlakat vakili har kuni internetga o‘rtacha 8,5 soat sarflaydi. Bu borada Indoneziyani faqatgina Filippin, Braziliya, Tailand va Kolumbiya ortda qoldiradi.
Indonesian children given pets to wean them off smartphones: Pupils given chicks to raise in an attempt to distract them from their gadgets. https://t.co/73YavtDowt
— Breaking News (@News_Kenya) November 21, 2019















