Eron vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy mintaqadagi mamlakatlarni Erondagi tartibsizliklarga aloqadorligi isbotlanadigan bo‘lsa, ularni "qaqshatqich javob" kutayotganligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.
"Mintaqadagi ayrim mamlakatlar agarda Eronda tartibsizliklar uyushtirishga aralashgani isbotlanadigan bo‘lsa, ular yaxshi kunlarni ko‘rmasliklarini bilishi lozim. Eron bunday hazil va qiliqlarga toqat qiladigan davlat emas", - dedi Jahongiriy.
U agarda biror davlat Eronga zarar yetkazish uchun uning ichki ishlariga aralashgan bo‘lsa, ular "shubhasiz qaqshatqich javob olishini" qo‘shib qo‘ydi.
Keyingi kunlarda Eronning qator shaharlarida benzin narxi oshishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ayrim joylarda namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi.
















