Yiğilişda Toşkent şahar hokimi örinbosari Baxtiyor Rahmonqulov Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2019-2020 yillar kuz-qiş davrida barqaror işlaşga kompleks tayyorlaşni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi böyiça Toşkent şahrida amalga oşirilgan işlar böyiça ma'lumot berdi.

Şuningdek, mavjud kamçiliklarga ham töxtalib ötildi. Qayd etilişiça, «1055 kommunal xizmatlarni boşqariş markazi»ga 2019 yil davomida 5 378ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 5 194tasi bartaraf etilgan. Lekin, bugungi kunda tom qismidan çakki ötiş, lift işlamasligi, issiqlik ta'minoti talab darajasida emasligi hamda yertölalardagi quvurlar nosozligi yuzasidan yeçimini kutayotgan muammolar ham bor.

Hokim örinbosari bunday holatlar ayrim örinlarda tumanlardagi mutasaddilarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlikda yöl qöygan kamçiliklari, ba'zi hollarda esa xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari talab darajasida işlamayotgani sabab yuzaga kelayotganini aytib ötdi.

Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahridagi 9964ta köp kvartirali uylarga 2072ta XUJMŞlari (xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari) va 187ta Boşqaruv kompaniyalari xizmat körsatib kelmoqda. Aholining köp qavatli uy-joylardagi içki isitiş tizimidagi e'tirozlarini kamaytiriş maqsadida 57ta harakatlanuvçi mobil avariya-tiklov brigadalari taşkillaştirilib, köp kvartirali uylarning içki isitiş tizimlarini sozlaş işlari yölga qöyildi.

Natijada 1707ta uylarning issiqlik uzellarida kamçiliklar aniqlib, 1685tasi bartaraf etildi. Eng köp muammolar Yunusobod tumanida 275ta va Sergeli tumanida 345ta köp qavatli uylarda aniqlandi.

Bundan taşqari, 8808ta köp qavatli uylarda 330 mingta issiqlik tik quvurlari mavjud bölib, bugungi kunda 6747ta köp qavatli uylar örganildi, şundan, 365ta uyning 823ta issiqlik tik quvurlarida kamçiliklar aniqlandi, 762tasidagi muammolar bartaraf etildi.

Yiğilişda xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlaridagi moliyaviy holat haqida ham keltirib ötildi: 2019 yil 1 noyabr holatiga köra aholining xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlaridan qarzdorligi 26,9 milliard sömga teng.

2013-2018 yillar uçun dastur böyiça XUJMŞga jami 808,9 mlrd söm miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratilgan. Bugungi kunga kelib bu mablağlarning faqat 253,2 mlrd sömlik qismi qaytarilgan.

Yiğilişda ayrim amaldorlar işda yöl qöyilgan kamçiliklar uçun intizomiy javobgarlikka tortilgani qayd etilgan.