Hozirda uşbu yönalişda joylar tayyorlanmoqda. Bu haqda ommaviy axborot vositalari vakillari uçun taşkil etilgan press-tur davomida ma'lum qilindi.
Yaşnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov mazkur yönalişda taşkil etiladigan tadbirkorlik obektlari haqida gapirib berdi.
«Dunyo tajribasini örganib çiqqanimizda, Berlin, Tokio, Tsyurix kabi şaharlar yer usti metrolarida şunga öxşaş majmualar yaratilgan. Ya'ni bunday amaliyot bir qator rivojlangan davlatlarda mavjud.
Şundan kelib çiqib, birinçi va ikkinçi bekat oraliğida birinçi çorrahadan boşlab 11 kilometrdan ortiq joyni 6ta lotga bölib çiqdik. Natijada tadbirkorlar uçun jami 153 161 kv. metr joy yaratildi», deydi Baxtiyor Rahmonqulov.


Yer qanday ajratiladi?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi «Tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun böş turgan yer uçastkalarini beriş tartib-taomillarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan, auksion «YeReLeKTRON» avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.


Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslantiruvçi hujjatlari işlab çiqilganidan söng, örnatilgan tartibda tegişli taşkilotlar bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi.
Savdolar oçiq va şaffof taşkil etiladi. Unda har bir tadbirkor iştirok etişi, öz loyihalarini taqdim etişi mumkin.


















