Jahon | 14:29 / 24.11.2019
7651
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Avstraliyadan boshpana so‘ragan «josus»ni tovlamachi deb atadi

Foto: Reuters

Avstraliyadan siyosiy boshpana so‘ragan go‘yoki Xitoy maxsus xizmati xodimi bo‘lgan shaxs aslida tovlamachi bo‘lib, ilgari ana shunday jinoyati uchun sudlangan, deb ma'lum qildi Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligining Shanxaydagi bo‘linmasi.

"O‘zini xitoylik "maxsus agent" deb atagan Van Litsyan Futszyan provinsiyasida tug‘ilgan bo‘lib, 26 yoshda, ishsiz, sud ishiga aloqadorligi sababli qochib yuribdi", - deyiladi bo‘linma bayonotida.

Shanxay politsiyasining ma'lumotiga ko‘ra, Van Litsyan 2016 yil oktyabrda Futszyan provinsiyasi xalq sudi tomonidan tovlamachiligi uchun bir yilu uch oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Qayd etilishicha, Van Litsyan 2019 yil fevralda 4,5 million yuan miqdoridagi yana bir tovlamachilik ishiga aralashib qolgan. U aprelda Hongkongga o‘tib ketgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, uning pasporti va Hongkong fuqarosi ekanligi haqidagi hujjat soxta ekanligi aniqlangan.

Avvalroq Litsyan Avstraliya nashrlariga bergan intervyusida Avstraliya xavfsizlik va razvedka xizmatiga (ASIO) Xitoy harbiy razvedkasining Hongkongdagi katta ofitserlari shaxsini oshkor qilganini aytgan. Bundan tashqari, u Avstraliya maxsus xizmatiga Pekin Hongkong, Tayvan va Avstraliyaning siyosiy ishlariga qanday aralashishi va moliyalashtirishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etganligini ma'lum qilgan.

Litsyanning aytishicha, u Tayvanda aholining siyosiy qarashlarini o‘zgartirish bilan shug‘ullanuvchi «kiberarmiya» faoliyatini boshqargan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid