Kompyuterlar paydo bölişi bilan juda köp odamlar ötirib işlaş tarziga ötdi. Tabiiyki, bu butun kunni tik oyoqda ötkazişdan köra yoqimliroq. Ammo, köplab boşqa yoqimli narsalar singari, örindiqda harakatsiz vaqt ötkaziş bir munça salbiy oqibatlarga olib keladi.
Ötroq turmuş tarzi qanday muammolar keltirib çiqaradi?
1. Vazn orttiriş
Harakatlaniş tanadagi töqimalarni qondagi lipidlar miqdorini boşqaruvçi va oziq-ovqatdan sörilgan yoğ va şakarni qayta işlaşga yordam beradigan lipoproteinlipaz fermentini işlab çiqarişga majbur qiladi. Ötirib vaqt ötkaziş tarzi, albatta, uşbu ferment yetişmasligiga olib keladi va yoğ sörilişi işiga salbiy ta'sir ötkazadi. Natijada siz semira boşlaysiz.
Uzoq ötiriş metabolik sindrom xavfini oşiradi. Bu nafaqat uzoq vaqt ötiradigan, balki jismoniy maşqlar bilan şuğullanmaydigan odamlar uçun ham birdek aloqador.
Ba'zan sportdan uzoq insonlar ham ortiqça kaloriyani parçalay olişadi, ya'ni ular harakatsiz ötirmasdan yurişadi, tik turişadi, qimirlaşadi. Şu sababli iş kuni davomida faqatgina yuriş va turiş imkoniyati tuğilgan taqdirda ham undan unumli foydalaning.
2. Erta ölim xavfi
Bir millionga yaqin inson salomatligini kuzatiş tadqiqotlari şuni körsatadiki, köp ötiradigan odamlarda erta vafot etiş ehtimoli köproq. Faktlar keltiradigan bölsak, ötirişga moslaşgan turmuş tarzini olib borişda erta ölim xavfi 22–49 foizga oşadi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, jismoniy faollik yetişmasligi dunyo böyiça kuzatiladigan ölim holatlarining 6 foiziga sabab qilib körsatiladi. Şuningdek, harakatsizlik kökrak bezi va yöğon içak saratoni holatlarining taxminan 21-25 foizi, diabet holatlarining 27 foizi va yurak-qon tomir kasalliklarining 30 foizida asosiy omil hisoblanadi.
3. Qandli diabet va yurak kasalliklari
Tadqiqotçilar deyarli 30 xil surunkali kasalliklarni nofaol hayot tarzi bilan boğlaşadi. Xususan, uzoq vaqt ötiriş yurak-qon tomir kasalliklari avj olişi xavfini oşiradi. Bundan taşqari, agar siz uzoq vaqt örningizdan turmasangiz va kuniga 1500 qadamdan kam piyoda yursangiz, tanangizda insulinga qarşilik ortadi. Bu esa ikkinçi toifali diabetning asosiy sababidir.














