Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzlagan yo‘llarda avtomobil boshqarish qoidalari bo‘yicha eslatma berildi
Uzauto Motors muzlagan yo‘llarda avtomobil boshqarish qoidalari bo‘yicha eslatma bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, avtoulov sohiblari ikki karra mas'uliyatli bo‘lishlari talab etiladi.
Muzlagan yo‘llarda mashina boshqarish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar harakatlanish davomida asqatadi:
agar shinalarni qishki rezinaga almashtirmagan bo‘lsangiz, muzlagan yo‘lda haydamaganingiz ma'qul;
unutmang, tezlik muzlagan yo‘lda haydovchining asosiy dushmani. Avtomobil tezligi qanchalik past bo‘lsa, u sizga ko‘proq itoat qiladi;
masofa - yo‘lda ikkita mashina orasidagi masofani quyidagi formula bo‘yicha hisoblash kerak: avtomobil tezligi ikkiga ko‘paytiriladi va to‘g‘ri masofa metrlarda olinadi, ya'ni 100 km / soat uchun yaxshi masofa 200 metrni tashkil qiladi;
muzli sharoitda pedallar yoki g‘ildirak bilan keskin harakatlar qilmang, tez tormozlanib, tezlashmang. Har qanday manyovr avtomobilingizni yo‘ldan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Yo‘ldagi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib boring. Shoshilmang, yo‘l bering, juda ehtiyotkor va e'tiborli bo‘ling!
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025