Ma'lum qilinishicha, mikroavtobusda hammasi bo‘lib 8 kishi, jumladan O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi bo‘lgan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Avvalroq Rossiyaning Orenburg oblastida Moskva vaqti bilan soat 4:10da Orenburg-Oqbuloq avtomobil yo‘lining 15-kilometrida, Chistiy posyolkasi yaqinida ichida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan Hyundai mikroavtobusi va Scania yuk mashinasi to‘qnashuvi yuz bergani, buning oqibatida 6 kishi, jumladan, mikroavtobus haydovchisi va 6 yoshli bola halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.











