Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budjet tashkilotlariga oziq-ovqat tovarlari asosiy turlari uchun cheklangan narxlar o‘rnatiladi
“2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, budjet tashkilotlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini xarid qilishga cheklangan narxlar o‘rnatiladi.
2020 yil 1 yanvarga qadar zaxiraga qo‘yilgan mahsulotni ichki iste'mol bozoriga yetkazib berish va savdo shoxobchalarini joylashtirish jadvallari ishlab chiqiladi.
Bunda, mahsulotlar respublikaning barcha mintaqalari, shu jumladan, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlari bo‘yicha bir tekis taqsimlanadi.
4ta asosiy turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining respublika bo‘yicha jami zaxira hajmi 414 399 tonna etib belgilandi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026