O‘zbekiston | 15:39 / 26.11.2019
4619
2 daqiqa o‘qiladi

Tsement korxonalari ustidan ekologik nazorat kuchaytiriladi

Foto: KUN.UZ

Tsement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ustidan ekologik nazorat kuchaytiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjat sement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ustidan amaliy ekologik nazoratni ta'minlash maqsadida qabul qilinishi aytilgan.

2020-2022 yillarga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi analitik laboratoriyalarning moddiy texnika ta'minotini yaxshilash bo‘yicha Dasturi tasdiqlanadi.

Respublikada faoliyat yurituvchi barcha sement ishlab chiqarish korxonalariga 2022 yil 1 yanvarga qadar atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlari)ni xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar mablag‘lari hisobidan o‘rnatish yuklanadi.

Qaror bilan belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan faoliyatini to‘xtatishgacha bo‘lgan choralar qo‘riladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:

2020 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning barchasini ifloslantirish manbalar monitoringi amalga oshiriladigan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning ro‘yxatiga majburiy kiritishni;

xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan ushbu qarorning ikkinchi bandida nazarda tutilgan talablarni bajarilishi ustidan qat'iy nazoratni ta'minlaydi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri A.J. Ramatovga va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid