Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA 2019 yilning ramziy terma jamoasi uchun nomzodlarni e'lon qildi
UYeFA 2019 yilning ramziy terma jamoasiga kiradigan futbolchilarni aniqlovchi so‘rovnomaga start berdi.
Muxlislar quyidagi 50 nafar nomzod ichidan tanlab olishiga to‘g‘ri keladi:
Darvozabonlar: Alisson («Liverpul»), Ederson («Manchester Siti»), Yan Oblak («Atletiko»), Andre Onana («Ayaks»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona»);
Himoyachilar: Jordi Alba, Jyerar Pike (ikkalasi ham - «Barselona»), Trent Aleksandr-Arnold, Endryu Roberson, Virjil van Deyk (barchasi - «Liverpul»), Sesar Aspilikueta («Chelsi»), Deyli Blind, Nikolas Talyafiko (ikkalasi ham - «Ayaks»), Matteys de Ligt («Yuventus»), Xose Mariya Ximenes («Atletiko»), Yozua Kimmix («Bavariya»), Kalidu Kulibali («Napoli»), Emerik Lyaport («Manchester Siti»), Serxio Ramos («Real»), Yan Vertongen («Tottenhem»);
Yarimhimoyachilar: Tyago Alkantara («Bavariya»), Kevin de Bryuyne, David Silva, Bernardu Silva (barchasi - «Manchester Siti»), Frenki de Yong («Barselona»), Anxel Di Mariya (PSJ), Fabino, Jordan Henderson, Djordjino Veynaldum (barchasi - «Liverpul»), Brunu Fernandesh («Sporting»), Jorjino, Ngolo Kante (ikkalasi ham - «Chelsi»), Fabian Ruis («Napoli»), Donni van de Bek, Xakim Ziyosh (ikkalasi ham - «Ayaks»);
Hujumchilar: Serxio Aguero, Raxim Sterling (ikkalasi ham - «Manchester Siti»), Per-Emerik Obameyang («Arsenal»), Roberto Firmino, Sadio Mane, Muhammad Saloh (barchasi - «Liverpul»), Serj Gnabri, Robert Levandovski (ikkalasi ham - «Bavariya»), Eden Azar («Real»), Harri Keyn, Son Hyon Min (ikkalasi ham - «Tottenxem»), Kilian Mbappe (PSJ), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Dushan Tadich («Ayaks»).
Mavzuga oid
07:59 / 08.05.2026
Angliyaning uchta klubi yevrokuboklar finaliga chiqdi
23:19 / 11.02.2026
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
23:32 / 25.09.2025