Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya bilan munosabatlarni o‘ta murakkab deb atadi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat fuqarolari Yevropa bilan birlashish yo‘lini tanlaganini, Rossiya bilan munosabatlar esa "o‘ta murakkab vaziyatda" ekanligini aytdi.
Avvalroq ukrainalik biznesmen Igor Kolomoyskiy The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar tiklanishi muhim ekanligini aytgandi.
"Janob Kolomoyskiy Ukraina prezidenti emas va u Ukraina fuqarosi hisoblanadi. Ukrainaning aksariyat fuqarolari Yevropa bilan birlashish yo‘lini tanladi, shuning uchun qayerga borishimiz kerakligini aynan Ukraina xalqi tanlaydi. Rossiya bilan o‘ta murakkab vaziyatdamiz. Biz muloqot boshladik, to‘g‘rirog‘i, to‘rt rahbarning normandcha uchrashuvi davomida boshlanadi", - dedi Zelenskiy.
Parijda 9 dekabr kuni Fransiya, Germaniya, Rossiya va Ukraina o‘rtasida "normandcha shakl"dagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Kolomoyskiy Ukrainaning eng boy kishilaridan biri hisoblanadi. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, uning boyligi 1,4 milliard dollar atrofida.
Mavzuga oid
08:56
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026