Alibaba aksiyalari Hongkong birjasidagi ilk savdo kuni 8 foizga qimmatlashdi
26 noyabrda Hongkong birjasida Xitoyning Alibaba kompaniyasi aksiyalari ilk savdosi boshlandi. Savdolar boshlanishi bilanoq kompaniya aksiyalari narxi 8 foizga ko‘tarilib ketdi. Yarim soatdan keyin u 1 foizga arzonlashgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning bir dona aksiyasi 188 Hongkong dollaridan (24 dollar) sotilmoqda.
Hongkong birjasi uchun Alibaba aksiyalarining joylashtirilishi 2010 yildan beri eng yirik listing bo‘ldi. Osiyoning eng qimmat kompaniyasi hisoblanuvchi Alibaba savdolardan 11 mlrd dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Ushbu mablag‘lar Alibaba’ning Xitoydagi raqobatchilar bilan kurashini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bloomberg axborot agentligining baholashicha, aksiyalarning birjada joylashtirilishi orqali Xitoy kompaniyasining naqd pul hajmi 44 mlrd dollargacha yetadi.
Alibaba’ning Hongkong birjasiga chiqishi Hongkongda bahordan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari ortida ayniqsa ahamiyatlidir: bunday yirik kompaniyaning Hongkong birjasiga chiqishi sarmoyachilarning jiddiy siyosiy inqiroz ortida ham Hongkongga ishonchlari so‘nmaganidan darak beradi.
Mavzuga oid
20:31 / 03.05.2022
Ma ismli shaxs hibsga olingani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Alibaba aksiyalari narxi tushib ketdi
14:12 / 26.10.2021
Xitoylik bloger 12 soatlik jonli efir chog‘ida 340 mln dollar ishlab topdi
22:43 / 25.10.2021
Alibaba bozor qiymati pasayishi bo‘yicha antirekord qayd qildi
17:41 / 13.09.2021