Irlandiya qonun çiqaruvçilari printer sotib oliş va uni örnatiş uçun bir million yevrodan ortiq pul sarflaşdi, deb xabar berdi RTE telekanali.

Yaponiyaning Komori kompaniyasi işlab çiqargan zamonaviy printer 800 ming yevroga sotib olindi. Printer ötgan yilning dekabrida parlament binosiga olib kelinganida uning balandligi 2,1 va eni 1,9 metrligi hamda eşikdan siğmasligi ma'lum böldi. Eşik va devorni printer siğadigan qilib kattalaştiriş uçun buziş-quriş işlariga yana 236 ming yevro ketdi.

Printer sentyabrda parlament binosiga olib kirib örnatildi, bungaça u qariyb ön oy omborxonada yotdi. 

Parlament quyi palatasi a'zosi Peter Finnigan uşbu holat böyiça suriştiruv boşladi va printerni sotib oliş hamda uni örnatiş bilan boğliq barça xarajatlar böyiça joriy haftada hisobot berilişini talab qildi.