Tatariston Respublikasi prezidentining Özbekistonga taşrifi doirasida “Özbekneftgaz”da Özbekistonda neft va gaz sanoati sohasida qöşma loyihalarni amalga oşirişni jadallaştiriş uçun “Tatneft” boş direktori boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi.
"Özbekneftgaz" AJ matbuot xizmatiga köra, uçraşuvda “Andijonneft” konlarida (Andijon, Polvontoş, Ğarbiy Polvontoş) neft qazib olişni köpaytiriş böyiça qöşma korxona taşkil etişning asosiy şartlari kelişib olindi.
Şuningdek, qöşma korxonaning ta'sis hujjatlarini tayyorlaş va röyxatga olişni tezlaştiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Tomonlar Toşkent yaqinidagi investitsiya blokida geologiya-qidiruv işlarini olib boriş böyiça materiallarni körib çiqiş va qaror qabul qilişni, şuningdek, Toşkent şahridagi “Tatneft” brendi ostidagi AYoQŞni rekonstruksiya qiliş va işga tuşirişni tezlaştirişga kelişib oldilar.

















