«Özbekkonsert» davlat muassasasi san'atkorlarning litsenziyasini qaytarib olişga vakolatli emas. Lisenziyani töxtatiş yoki bekor qiliş sudning işi. Bu haqida Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ommaviy axborot vositalari iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida töxtalib ötdi.
Baxtiyor Sayfullayev yaqinda san'atkorlarning litsenziyasini töxtatiş va qaytarib beriş böyiça tarqalgan gap-sözlarga oydinlik kiritdi.
«Lisenziya bilan boğliq şov-şuvlarga sabab «litsenziyani töxtatdi» degan gap böldi. Ommaviy axborot vositalari inobatga olişlarini istardim ─ «Özbekkonsert»ning litsenziyani qaytarib olişga haqqi yöq. U litsenziyani 10 kunga töxtatadi. Şu vaqt içida tadbirkorni sudga beradi. Lisenziyani bekor qiliş yoki töxtatiş sud vakolatiga kiradi. San'atkorlarning birortasi davlat taşkilotida işlamaydi. Ularning hammasi tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanyapti. «Özbekkonsert» ularning faoliyatini boşqarib turadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, Madaniyat vaziri «Özbekkonsert» davlat taşkilotini tugatiş böyiça ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarga munosabat bildirdi.
«Agar biz kimningdir gapiga kirib, «Özbekkonsert»ni yopadigan bölsak, köp narsa yutqazamiz. Yopiş oson, taşkil qiliş qiyin. «Özbekkonsert»ni yopiş haqida öylamayapmiz, uning faoliyatini takomillaştiriş böyiça hukumatga taklif kiritganmiz», deya qöşimça qilgan Baxtiyor Sayfullayev.
Eslatib ötamiz, «Özbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odil Abduqahhorov san'atkorlarning litsenziyasini olib qöyiş va qaytariş jamoatçilikning fikridan kelib çiqqan holda amalga oşirilişini ma'lum qilgan edi.












