Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi tomonidan Çiroqçi tumani Beşçaşma qişloğida «Ij» rusumidagi ov miltiği bilan Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qönğir ayiq otib öldirilgani haqidagi xabarlar va tegişli videolavha yuzasidan örganiş ötkazildi.

Davlat ekologiya qömitasi axborot xizmatiga köra, videolavhada ismi tilga olingan «Nurobod» mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi fuqaro B.S. bilan suhbat ötkazilganda, holat 2016 yil may oyida sodir bölgani, fermer xöjaligida işçilar işlayotgan vaqtda noma'lum ayiq kelib qolgani hamda ukasi T.S.ga hamla qilib, qorin qismidan tişlab 40-50 metrlar çamasida sudrab ketayotganida T.S. va T.I. ketmon bilan urib öldirgani, söng jarohatlangan T.S. kasalxonaga olib ketilgani ma'lum böldi. Yozib bergan tuşuntiriş xatida ayiqni işçilar uyiga olib ketgani, terisini şilib içki işlar bölimiga olib kelingani bayon qilingan.

Şu bilan birga, voqeaning bevosita iştirokçilari – T.S., T.S. va T.I. bilan suhbat davomida ular çorva mollariga xaşak yiğayotgan vaqtlarida, ayiq T.S.ga hujum qilganligi, u esa xuşidan ketganligi, ular ayiqni ketmon bilan urib öldirganliklari, T.I. T.S.ni kasalxonaga olib ketganligi ma'lum böldi. Ulardan olingan tuşuntiriş xatlarida T.S. ölgan ayiqni uyiga olib kelib, terisini göştidan ajratib olganligi va 2 oylardan keyin ayiq terisini tuman IIBga olib kelinganligini körsatib ötişgan.

Bildirilişiça, Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan qönğir ayiqni ovlaş taqiqlangan va u muhofaza ostiga olingan. Özbekiston Respublikasi hududida yöq bölib ketiş xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qiliş konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Biologik resurslardan foydalanişni tartibga soliş va tabiatdan foydalaniş sohasida ruxsat beriş tartib-taomillaridan ötiş tartibi töğrisida»gi 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Hayvonot dunyosi obektlaridan foydalaniş sohasida ruxsat beriş tartib-taomillaridan ötiş tartibi töğrisida»gi Nizomning 14-ilovasi «Hayvonot dunyosidan foydalaniş tartibining buzilişi sababli yetkazilgan zarar hajmini hisoblaş uçun tölovlar» miqdori böyiça yoşi, kattaligi, oğirligi va jinsidan qat'iy nazar har bir hayvon (kallasi, terisi, şoxi va boşqalar) uçun jismoniy va yuridik şaxslar uçun eng kam oylik iş haqiga nisbatan 100 koeffitsiyent miqdorida zarar hisoblanişi belgilangan.

Yuqorida bayon etilgan holat yuzasidan töplangan ma'lumotlar Qaşqadaryo viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan. Qönğir ayiq noqonuniy tartibda öldirilgan bölsa, aybdor şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi qonunçiligida belgilangan tartibda çora köriladi va yetkazilgan zarar undirib olinadi, deyiladi ma'lumotda.