Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva davlat budjetidan yoshlar tadbirkorligiga ajratilgan mablag‘ haqida ma'lumot berdi
Bugun, 28 noyabr kuni Xalqaro anjumanlar saroyida «XXI asrda gender va yoshlar masalalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida forum o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Senati a'zolari, BMT, YeXHT, Xalqaro migratsiya tashkiloti va soha bo‘yicha xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. Tadbirda qatnashgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda yoshlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.
«Butun dunyoda yoshlar mamlakatni rivojlantirishda asosiy kuch bo‘lib xizmat qiladi. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston hukumati Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya ishlab chiqish taklifini bergandi.

Yaqin yillar ichida respublikada yoshlarga oid davlat siyosati oqilona olib borilmoqda. Bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida yoshlar masalalariga alohida urg‘u berilgan. Bu dasturni ishlab chiqish jarayonida 40dan ortiq qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 70ta normativ-huquqiy hujjatlarga ham o‘zgartish kiritildi. Senatda yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi faoliyat olib bormoqda. Qonunchilik palatasida esa yoshlar klubi ish olib boryapti. Shuningdek, «30 iyun - Yoshlar kuni» sifatida nishonlanadi. «Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturi ham qabul qilindi. Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2018-2019 yillarda davlat budjetidan 1,6 trln so‘m yo‘naltirildi», deya Mirziyoyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Yoshlar Ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev prezident tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusda belgilangan vazifalar ijrosi xususida gapirib, yuqoridagi ma'lumotlarga qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
09:16 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
20:58 / 16.06.2026