Jahon | 13:15 / 28.11.2019
4290
2 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyada mustaqillik bo‘yicha takroriy referendum o‘tkazishga va'da berildi

Foto: REUTERS

Shotlandiya mustaqillik bo‘yicha takroriy referendum va “Brekzit” bo‘yicha yangi ovoz berish o‘tkazadi. Bunga Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjyen va'da berdi. 

“Shotlandiya kelajagini Shotlandiya qo‘llariga olish vaqti keldi”, deb aytgan Sterjyen Glazgo shahrida “Brexit’ni to‘xtatish” deb nomlangan tadbirda.

Birinchi vazirning ta'kidlashicha, agar Shotlandiya Britaniya tarkibida qolsa, u budjetning qisqartirilishi, “Shotlandiya parlamentining hokimiyat tomonidan qo‘lga olinishi, farzandlarning nochorligi, Brekzit bo‘yicha falokatli kelishuv, turmush tarzining yomonlashuvi va ishchilar huquqlarining poymol qilinishiga” duch keladi.

Sterjyen Britaniyaning asosiy partiyalarini mamlakatni “doimiy alg‘ov-dalg‘ovlik” holatida ushlab turishda ayblagan. Uning fikricha, Boris Jonson kabi bosh vazir rahbarligida “yanada battarroq” bo‘laveradi.

2014 yilda o‘tgan referendumda 55 foiz shotlandlar Britaniyadan mustaqil bo‘lishga qarshi ovoz bergan. 2016 yilda “Brekzit” bo‘yicha ovoz berishda Shotlandiyaning 62 foiz aholisi Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishga ovoz bergan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid