Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga ketdi?
Rossiya migrantlar soni bo‘yicha Germaniyadan keyin Yevropada ikkinchi o‘rinda - 11 milliondan ortiq kishi. Eng katta guruh (3 milliondan ortiq kishi) Ukrainadan kelgan muhojirlardir, deyiladi Xalqaro migratsiya tashkilotining Jyenevada chorshanba kuni e'lon qilingan hisobotida.
«Rossiya Federatsiyasi submintaqaning migrantlar yo‘l olayotgan muhim mamlakati bo‘lib qolmoqda. 2019 yilda u 11,6 million chet ellik muhojirni qabul qildi. Ularning aksariyati qo‘shni davlatlardan, xususan, MDHdan kelgan», - deyiladi XMT ma'lumotida.
Shu bilan birga, «Ukrainadan kelgan muhojirlar chet elda tug‘ilgan xorijliklar guruhi soni bo‘yicha yetakchidir - 3 milliondan ko‘proq». Undan keyingi pog‘onalarni Qozog‘iston (2,5 millionga yaqin) va O‘zbekistondan (1,1 million) kelgan muhojirlar egalladi.
Hisobot mualliflarining qayd etishicha, Rossiyaga kelgan ko‘plab chet elliklar mehnat muhojirlari bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi muhojirlar uchun «dunyodagi eng katta pul o‘tkazmalari manbalaridan biri» hisoblanadi.
«2018 yilda Rossiyadan pul o‘tkazmalarining hajmi 21 milliard dollarni tashkil etdi, bu mamlakatda iqtisodiy barqarorlikning sekin, ammo barqaror tiklanishi bilan bog‘liq hamda aynan shu mehnat muhojirlarini jalb qilishda davom etmoqda», - deyiladi XMT hisobotida.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026